Andijon Kadastr agentligi ma'lumot berishicha, viloyat hududida olib borilgan xatlov ishlari davomida jami 164 ming 253 ta obyekt kadastrchilar tomonidan ro'yxatga olindi.
Shuningdek, 117 ming 407 ta obyekt bo'yicha ma'lumotlar UZKAD elektron tizimiga kiritilgani ma'lum qilindi. Bu tizim mulk va yer huquqlarini raqamli asosda yuritish imkonini beradi.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, xatlov jarayonida 15 ming 340 nafar fuqaroning yer maydonlariga bo'lgan huquqlari rasman e'tirof etilgan.
Kadastr agentligi bunday xatlov va ro'yxatga olish ishlarini yer-mulk munosabatlarini tartibga solish hamda fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida davom ettirishini ta'kidladi.



