Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus @TadbirkorgaKomakBot nomli Telegram bot tashkil etildi.
Endilikda tadbirkorlar o'zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan ushbu bot orqali bevosita viloyat prokuroriga murojaat yo'llashi mumkin.
Prokuratura ma'lumotiga ko'ra, "Prokuror — tadbirkorga ko'makchi" tamoyili asosida yuborilgan barcha murojaatlar xolisona va adolatli o'rganilishi ta'minlanadi.



