Namangan viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi boʻyicha "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha eng ilgʻor yetakchi mutaxassis" respublika koʻrik-tanlovi yakunlandi.
Tanlov natijalariga koʻra, Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Kamola Miryusupova fahrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Birinchi oʻrinni Toshkent shahar FVB yetakchi mutaxassisi Nafisa Komoljonova, uchinchi oʻrinni esa Namangan viloyati FVB yetakchi mutaxassisi Dildora Ashurmatova egalladi.
Tanlov FVB tizimida oila va xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha ilgʻor tajribani ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazildi.



