Andijon va Vitebsk viloyatlari o'rtasidagi hamkorlik yangi amaliy loyihalar bilan boyib bormoqda. Belarus Respublikasining Ushachi tumanida tashkil etilgan "Andijon mayak" mas'uliyati cheklangan jamiyati ana shunday tashabbuslardan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

Vitebsk viloyati ijroiya qo'mitasi raisi Aleksandr Rogojnik va Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ushbu tumanga tashrif buyurdi. Ma'lum bo'lishicha, o'zbekistonlik investorlar bu yerda qoramol yetishtirish yo'nalishida faoliyat yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqda.

Mazkur tashabbus ikki hududning agrar sohadagi imkoniyatlarini birlashtirish, o'zaro tajriba almashish va investitsiya hamkorligini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Tashrif davomida tomonlar hamkorlik istiqbollari hamda chorvachilik yo'nalishidagi loyihani rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildi.