Andijon tumani yana bir karra xalqaro sport maydonida qozonilgan yutuq bilan diqqat markazida bo'ldi. Tumanning "Zangibobo" mahallasida istiqomat qiluvchi kurashchi Ibodatxon Agojonova Osiyo o'yinlarida chempion unvonini qo'lga kiritib, mamlakatimizga oltin medal bilan qaytdi.
Sportchining bu yutug'i tasodifiy emas. Uning g'alabasi ortida yillar davomida davom etgan mashaqqatli mashg'ulotlar, matonat va yuksak maqsadlar sari intilish turadi.
Andijon tumani hokimligi kurashchini ushbu ulkan yutuq bilan samimiy tabrikladi va unga kelgusi musobaqalarda ham Vatan bayrog'ini baland ko'tarib, yangi zafarlarga erishishini tilab bildirdi.
Ibodatxon Agojonovaning xalqaro maydondagi ushbu muvaffaqiyati Andijon tumani aholisi uchun faxr va g'urur manbai bo'ldi.



