O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan, Andijon shahridagi 6-oilaviy poliklinika bosh shifokori Nasretdinova Shoxida Davranbekovna II darajali "Salomatlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati bildirishicha, mukofot shifokorning sog'liqni saqlash sohasidagi ko'p yillik samarali mehnati, kasbiga sadoqati va insonlar salomatligi yo'lidagi fidoyiligining e'tirofi bo'ldi.

Hokimlik matbuot xizmati Nasretdinovani yuksak mukofot bilan qutlab, unga mustahkam sog'liq va kasbiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.