Andijon shahridagi bir qator mahallalarda 2-oktyabr kuni gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Andijon" filiali maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, gaz tarmogʻidagi texnik nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼmirlash ishlari olib boriladi. Ishlar soat 8:00 dan 17:00 gacha davom etadi.

Gaz taʼminoti Navoiy va Choʻlpon koʻchalaridagi koʻp qavatli uylarda, shuningdek, Mashal (6-mavze) va Taraqqiyot (7-mavze) mahallalarida toʻxtatiladi.

Shahar hokimligi matbuot xizmati taʼmirlash ishlari yakunlangach, gaz taʼminoti belgilangan tartibda qayta tiklanishini maʼlum qildi. Aholidan ishlar davomida tushunish bilan qarash soʻralmoqda.