Andijon shahridagi 15-umumta'lim maktabida viloyat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan o'quvchilar uchun soliq bo'yicha ma'rifiy mashg'ulot tashkil etildi. Tadbir Prezidentning 2026-yil 16-iyundagi PQ-227-son qaroridagi vazifalar ijrosi doirasida, yoshlarning soliq savodxonligini oshirish maqsadida o'tkazildi.
Mashg'ulot davomida o'quvchilarga soliqlarning qanday maqsadda to'lanishi, ularning davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi o'rni, shuningdek budjet mablag'larining qaysi soha va yo'nalishlarga sarflanishi haqida tushuntirishlar berildi.
Mazkur mashg'ulotlar o'quvchilarning soliq sohasidagi bilimini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda kelajakda sohada malakali kadrlar yetishib chiqishiga zamin yaratishni maqsad qilgan. Viloyat soliq boshqarmasi bunday ma'rifiy uchrashuvlarni yoshlar orasida muntazam davom ettirmoqda.



