Andijon shahridagi 37-umumiy o'rta ta'lim maktabida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo'yicha shahar bosqichi o'z yakuniga yetdi.
Saralashda bilim va iste'dodi, ijodiy salohiyati, tashabbuskorligi hamda erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga namuna bo'layotgan iqtidorli qizlar ishtirok etib, o'z imkoniyat va qobiliyatlarini namoyon etdi. Nomzodlarning bilim va salohiyati, ijodiy ishlari, erishgan natijalari, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi va tashabbuskorligiga alohida e'tibor qaratildi.
Yakuniy natijalarga ko'ra belgilangan yo'nalishlar bo'yicha g'oliblar aniqlanib, ularga faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.



