1-oktyabr kuni kechqurun Andijon shahrida yoʻl harakati xavfsizligi bilan bogʻliq hodisa yuz berdi. Voqea soat 19:30 atrofida shahardagi Bobur Shox koʻchasida, "Hamkorbank" bosh binosi yaqinidagi chorrahada roʻy bergan.

Maʼlumotlarga koʻra, 1987-yilda tugʻilgan haydovchi boshqargan "Tracker-2" avtomobili keskin oʻngga burilib, taʼmirlash ishlari olib borilayotgan yoʻl qismiga kirib ketgan va natijada agʻdarilgan.

Andijon viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati bergan maʼlumotda voqeada fuqarolar jarohat olmagani, faqat avtomobilga moddiy zarar yetgani taʼkidlangan.

"Fuqarolar tan jarohati olmagan. Avtomashinaga moddiy zarar yetgan."

Hodisa yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tekshiruv olib borilmoqda. Rasmiylar haydovchilarni yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgan hududlarda ehtiyotkor boʻlishga va yoʻl belgilariga rioya qilishga chaqirdi.