Andijon viloyati kadastr xizmati Andijon shahridagi Davlat xizmatlari markazi hududida yangi "Kadastr maslahat burchagi"ni ishga tushirdi.
Yangi burchakning maqsadi kadastr xizmatlarini ko'rsatishning yangi yondashuvini yo'lga qo'yish, xizmatlarni aholi uchun qulay, tezkor va sifatli qilishdan iborat.
Bu orqali fuqarolar kadastr xizmatlaridan foydalanishda sarflaydigan vaqt va xarajatlarini kamaytirish ko'zda tutilgan. Maslahat burchagida mutaxassislar aholiga kadastr masalalari bo'yicha bevosita yo'l-yo'riq ko'rsatib boradi.
Kadastr xizmati bunday burchaklarni kengaytirish orqali aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.



