Futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining 24-turi doirasida o'tkazilgan uchrashuvda "Andijon" jamoasi o'z maydonida navoiylik "Qizilqum" jamoasidan yutqazdi.
Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol bo'lim davomida, 38-daqiqada "Qizilqum" futbolchisi Otabek Jo'raqo'ziyev tomonidan urilgan to'p bilan kiritildi. Qolgan vaqt davomida ikki jamoa ham gol urishga erisha olmadi va bahs 0:1 hisobida yakunlandi.
Uchrashuv davomida mezbon jamoadan Odilbek Abdumajidov, Nemanya Chalasan va Abdurahmon Komilov, mehmon jamoadan esa Jambuli Jigauri va Nodirxon Ne'matxonov sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
Shunday qilib, "Qizilqum" jamoasi Andijondan safardan to'liq 3 ochko bilan qaytdi.



