Qo'rg'ontepa tumani hokimi Alisher Xalilov boshchiligida navbatdagi tanqidiy muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda aholi va yoshlar bandligini ta'minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, shuningdek maktab bitiruvchilarini zamonaviy kasb-hunarlarga yo'naltirish masalalari atroflicha tahlil qilindi.
Muhokama chog'ida oilaviy ajrimlar sonining ko'payib borayotgani alohida tanqid ostiga olindi. Bandlik ko'rsatkichlarini oshirish, oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni mustahkamlash hamda muammoli oilalar bilan manzilli ishlash borasida yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan mas'ul mutasaddilarga aniq topshiriqlar va muddatlar belgilandi.
Yig'ilish yakunida muhokama qilingan barcha masalalar bo'yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning ijrosini qat'iy nazoratga olish topshirildi.



