Andijon viloyati bojxona boshqarmasiga biriktirilgan 50-sonli umumta'lim maktabida o'quvchi-yoshlar ishtirokida giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari va ularning oldini olish masalalariga bag'ishlangan o'quv-seminar mashg'uloti tashkil etildi.
Mashg'ulot davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son farmoni mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar hamda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish choralari haqida ma'lumot berildi.
O'quvchilarga giyohvandlik vositalarini iste'mol qilishning salomatlikka va ijtimoiy hayotga ko'rsatadigan salbiy ta'siri, shuningdek ularni noqonuniy sotish yoki tashishda ishtirok etishning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.



