Paxtaobod tumanida kuz-qish mavsumini beta'laflot o'tkazish, aholini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida elektr tarmoqlarini ta'mirlash va modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Mustaqillik mahallasi hududidagi 369-sonli, quvvati 160 kVA bo'lgan transformator punktida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Soy mahallasi hududida esa yangi tortilgan elektr tarmog'iga hisoblagichlarni o'rnatish va ulash ishlari davom ettirilmoqda.
Mazkur tadbirlar elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish, mavsumiy yuklamalarga tayyorgarlik ko'rish hamda iste'molchilarni kuz-qish davrida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan.



