Asaka tumanidagi "Kelajak" markazida o'quvchilar o'rtasida O'quvchilar kengashi saylovi boshlandi.

Saylov jarayonida 8 ta yo'nalish bo'yicha tuman miqyosidagi yetakchilarni aniqlash, o'quvchilarning liderlik salohiyati, tashabbuskorligi va ijtimoiy faolligini namoyon etishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, ushbu jarayon yoshlarning o'z g'oyalari va tashabbuslarini ilgari surishi, shuningdek tengdoshlari orasida yetakchilik qobiliyatini namoyon etishi uchun muhim maydon hisoblanadi.