Oltinko'l tumani hokimi hamda Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i boshchiligida tuman mutasaddi tashkilotlari rahbarlari va mahalla yettiligi ishtirokida kengaytirilgan hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda kambag'allik reyestriga kiritilgan oilalardagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlash, ularning bandligini ta'minlash uchun biriktirilgan mas'ullarning faoliyati hamda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Yakunda fuqarolar bandligini ta'minlash ishlarini samarali tashkil etish va ijro intizomini kuchaytirish bo'yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.



