Jalaquduq tumani hokimi boshchiligida navbatdagi "Hokimlik soati" yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilish davomida tumanda yoshlar masalalari, aholi bandligini ta'minlash va ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, yoshlarni doimiy ish bilan ta'minlash, ularning bandligini oshirish, mavjud bo'sh ish o'rinlaridan samarali foydalanish hamda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo'naltirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, oilaviy ajrimlar sonining ortib borayotgani tanqidiy tahlil qilinib, ushbu holatlarning oldini olish, oilaviy muhitni mustahkamlash va muammoli oilalar bilan manzilli ishlash yuzasidan mas'ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning ijrosini qat'iy nazoratga olish topshirildi.