Jalaquduq tumani hokimi va uning o'rinbosarlari tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi. Qabul davomida jami 29 nafar fuqaro turli masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Har bir murojaat atroflicha o'rganilib, ularni hal etish bo'yicha tegishli choralar belgilandi. Natijada 17 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 4 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, qolgan 8 ta murojaat bo'yicha ishlar hali davom etmoqda.

Tuman hokimligida fuqarolar murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqish, ularning muammolariga yechim topish hamda aholi manfaatlarini ta'minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilayotgani ta'kidlandi.