Baliqchi tumanida davlat xavfsizlik xizmati tuman bolinmasi, tuman IIB hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bolimi xodimlari hamkorlikda otkazgan tezkor tadbir natijasida gaz taminoti sohasidagi noqonuniy faoliyat fosh etildi.
Aniqlanishicha, Hududgaz Andijon gaz taminoti filialining Baliqchitumangaz bolinmasida ishlab kelgan xodim aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bolgan 34 dona maishiy gaz ballonini ikki fuqaroga tijorat maqsadida foydalanish uchun sotgan. Ballonlar har biri 90 ming somdan, jami 3 million 60 ming somga sotilayotgan paytda xodim ashyoviy dalillar bilan qolga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Baliqchi tuman bolimi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi v va g bandlari boyicha jinoyat ishi qozgatilgan.
Hodisa aholiga moljallangan subsidiyalangan resurslarning sotilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini yana bir bor korsatdi.



