Andijon shahriga tungi xizmatga jalb etilgan shaxsiy tarkib ishtirokida Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan xizmat oldi yo'riqnomasi o'tkazildi.

Yo'riqnoma davomida tungi vaqtlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yo'l-transport hodisalarini kamaytirish hamda jamoat xavfsizligi va tartibini ta'minlash borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, reyd tadbirlari davomida fuqarolar o'rtasida tig'li jismlarni asossiz olib yurishning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish va targ'ibot ishlarini kuchaytirish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi. Tadbir yakunida xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish zarurligi ta'kidlandi.